TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

“Talabalar turar joyida talabalar bilan suhbat”

2024 yil 16 fevral kuni “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli 3-Talabalar turar joyi 7-8-9-qavatlarda yashovchi talabalar bilan “Iqtisodiyot” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev talabalarni yashash sharoitlari, holatlari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida talabalarni TTJ ichki-tartib qoidalari, Odob-ahloq kodeksiga rioya etish, talabalarni xonalarni toza-ozoda tutish va shaxsiy gigienaga amal qilish,  shuningdek, yashash xonalarining issiqligini ko‘zdan kechirib tegishli ko‘rsatmalar va tushuntirishlar berildi. Talabalar tomonidan o‘z yashash xonalarida tozalik ishlari amalga oshirildi. 

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

 Universitet matbuot xizmati