TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

Talabalar turar joyida profilaktik suhbat

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli 3-Talabalar turar joyida yashovchi fakultetning talaba yoshlari bilan navbatdagi profilaktik suhbat o‘tkazildi. Talabalar bilan muloqot uchrashuvida YUnusobod tumani IIOFMB XPB katta inspektori Ubaydullaev Afzal Rixsiboyevich hamda “Iqtisodiyot” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.R.Turdiyevlar birgalikda talabalarga Talabalar turar joylari to‘g‘risidagi Nizom qoidalari hususan Universitet Odob-axloq kodeksida belgilangan majburiyatlarga rioya etishlari to‘g‘risida, talabalarni xonalarni toza-ozoda tutish va shaxsiy gigienaga amal qilish buyicha, shuningdek, tartib-intizom, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, o‘zgalar haq-huquqlarini hurmat qilish, o‘zgalar bilan samimiy munosabatlarga kirishish, hushyorlik va ogohlik to‘g‘risida tushuntirish va maslahatlar berildi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati