TIQXMMI yangiliklari

img
11.01.2024

Talabalar turar joyida profilaktik suhbat

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari, universitet profilaktika inspektori bilan hamkorlikda TTJ ichki tartib-qoidalarini buzgan talabalar bilan profilaktik suhbat o`tkazildi. Suhbat davomida aniqlangan  kamchiliklar bo`yicha TTJ mudiri tomonidan ma`lumot berildi. Talabalarga yana bir bor ichki tartib - qoidalar tushuntirilib, TTJda yashayotgan har bir talaba xonasini toza va ozoda saqlashi kerakligi, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanish salomatlikning muhim omili ekanligi ta`kidlab o`tildi.  

Gidromelioratsiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati