TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2023

Talabalar turar joyida osh pishirish musobaqasi

2023 yilning 2 noyabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Talabalar turar joyida PLOV PARTY  tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalar ishtirokida respublikamizning turli hududlari an’analarini o‘zida aks ettirgan osh pishirish musobaqasi tashkil etildi. Ushbu tadbir orqali talabalarimizni bilim egallashdan tashqari oilaviy hayot hamda kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘zlashtirayotgani, shu bilan birga milliy qadriyat va an’analarimizni qunt bilan o‘rganishayotganiga guvohi bo‘lindi.