TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

Talabalar turar joyida navoiyxonlik

2024-yil 9-feralda  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti "Yer resurslari va kadastr" fakultetining talaba qizlari bilan birgalikda Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi “ Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi” munosabati bilan tadbir  o’tkazildi.   Tadbirda "Yer resurslari va kadastr" fakultetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari X.Eshova  o’z so’zida shu kunlarda yurtimizning barcha oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xorijiy davlatlarda Alisher Navoiy bobomizning tavalludiga 583 yil to’lishi munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilayotgani, bobokalonimiz millatimiz uchun buyuk ishlarni amalga oshirgani, Navoiy ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy hayotidagi tutgan o’rni beqiyos ekanliginini ta’kidladi. Navoiy ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy hayotidagi tutgan o’rni beqiyos ekanliginini ta’kidladi.

Shundan so’ng talaba qizlarimiz buyuk mutafakkur A.Navoiyning g’azallaridan parchalar o’qidilar.  Tadbir juda ham mazmunli o’tdi.

Tadbirda TTJ direktori -N.To’raqulova, pedagog tarbiyachi- Muxrumboeva , tyutor –M.Turgunova hamda talaba qizlar qatnshdilar.

 

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha  dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati