TIQXMMI yangiliklari

img
07.06.2024

Talabalar turar joyida

2024-yil 5-iyun kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 2-Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan Talabalar turar joyi direktori N.Turakulova yaratilayotgan imkoniyatlardan keng va unumli foydalanish lozimligini,  talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida, shuningdek yashash sharoitlari, gigienik talablar va umumiy foydalanish xonalarining tozaligi bo‘yicha ham nazorat ishlari tashkil etildi. Talaba-qizlarni ta`tilga ketishlari oldidan  yashash xonalarini toza ozoda qilib, jihozlarini saqlanish xolatini qoniqarli tarzda topshirish kerakligi uqtirib o‘tildi.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti
Universitet matbuot xizmati