TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2022

Talabalar ruhiyatida yangi yil shukuhi

21- dekabr kuni “TIQXMMI” MTU Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D.A.Axrarova tomonidan 207-guruh talabalari bilan birgalikda Toshkent shahrining xushmanzara joylarini o’zida jo aylagan “Magic City” bo’ylab sayohat qilishdi. Yangi yil shukuhi bu yerda yig’ilgan barcha insonlar yuzida namoyon. Chunki u yerda o’rnatilgan archa barchaning e’tibor markazida. Bugungi uyushtirilgan sayohatimiz 2022 - yil yakuni sarhisobi bo’yicha talabalar ruhiyatida unutilmas onlarni baxsh eta oldi. Ma’lumot o’rnida: Bog‘ning umumiy maydoni 21 gektarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda 9 gektar maydon foydalanishga topshirildi. Ushbu hududda do‘konlar, restoranlar, kinoteatr va okeanarium bilan jihozlangan 27 ta inshoot mavjud. Park hududida 11 ta tematik ko‘cha va ona yurtimiz faxri bo‘lgan Registon maydonchasi joylashgan bo‘lib, ularning har biri tashrif buyuruvchilarni hayratga solishi aniq. Masalan, Amsterdam ko‘chasi qadimiy “suzuvchi” binolarga o‘xshash uylar bilan to‘la. Barselona ko‘chasidagi binolar esa Antonio Gaudi uslubida barpo etilgan bo‘lib, ular tabiiy allyuziyalar bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, Magic City'da O‘zbekistondagi eng katta musiqaviy favvora ham joy olgan. Bu oddiy favvora emas, u park mehmonlariga yorqin emotsiyalar ulashuvchi ajoyib mo‘jizadir. Favvora repertuari musiqa dunyosining eng mashhur kompozitsiyalarini o‘z ichiga oladi. Tomosha davomida esa butun suv sathi bir necha soniya ichida tuman bilan qoplanib, favvora xuddi olov kabi tovlanadi. Yana bir e’tiborga sazovor ob’ekt – bu Magic City qoq markazida joylashgan qasr bo‘lib, uni qurishda The Magic jamoasi Bavariya shahridagi Noyshvanshtayn me’moriy yodgorligidan ilhomlangan. Parkning bu qismi malikalar haqidagi multfilmlarni xush ko‘ruvchi jajji qizaloqlarga yoqishi aniq. 

Universitet matbuot xizmati