TIQXMMI yangiliklari

img
19.01.2024

Talabalar muzeyda

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari va 1-kurs talabalari Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli  “O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari davlat muzeyi”ga tashrif buyurishdi.

Muzeyga tashrif  buyurishdan ko`zlangan maqsad, muzeydan o`rin olgan  10 mingdan ziyod ekspozitsiyalar (buyum-ashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurol-yarogʻlar)ni  ko`rib talaba yoshlarimizning  harbiy vatanparvarligini ona yurtga muhabbat va sadoqatini yanada oshirishga qaratilgan. Muzey armiya faoliyatini yoritishda respublikamiz muzeylari orasida oʻziga xos ilmiy markazga aylangan.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Axmedova va X.Ro`zmetovlar  axboroti

   Universitet matbuot xizmati