TIQXMMI yangiliklari

img
04.05.2023

Talabalar "G'alaba bog'i" sari

“TIQXMMI”MTU “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandova boshchiligida fakultetning faol talabalari bilan "G`alaba bog`i"ga  tashrifi uyshtirildi. "G`alaba bog`i" majmuasi va uning hududida joylashgan urush davridagi vokzal, “Shon-sharaf” davlat muzeyidagi urush va uning oqibatlari, urush davri manzaralari, harbiy texnika  va qurol-yarog`lar, O’zbekiston xalqining front va front ortida ko’rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati, shuningdek, buyuk g`alabaga qo’shgan ulkan hissasini talabalarimiz yurak-yurakdan his qilib, bugungi tinch, farovon, osuda va baxtli davrda yashayotganimizdan qayta-qayta  shukronalar qilishdi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati