TIQXMMI yangiliklari

img
20.12.2023

Talabalar forumidagi talablar

Talabalarning o‘ziga xos talablari bo‘lishi, professor o‘qituvchilarining ham o‘z mas'uliyati va majburiyatlari bo‘lishi tabiiy. Har yili Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul rahbarlari bilan talaba yoshlarning uchrashuvlari an'ana tusini olgan. Bu harakat ta'lim va tarbiyaning sifati va samaradorligiga ijobiy ta'sir o‘tkazishi aniq. Suhbat  va uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar borasida so‘z yuritish va ularning talab - ehtiyojlarini eshitishdir.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining muhtasham madaniyat saroyida oliy ta'lim muassasalarining talaba-yoshlari jamuljam bo‘lishdi.

Tadbirda vazir o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov va departament boshlig‘i Abduvali Хoliqovlar ishtirokchilarining savollariga javob berishdi.

Tadbirni moderator sifatida universitetimiz prorektori Choriyev Ruzimurat Kungratovich boshqarib bordi. Talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan keskin savollari bilan murojaat qilishdi. Ularning orasidagi faol talabalarning ko‘pchiligi unvoni hamda bilimi yuqori bo‘lsa ham  tushuntirish qobiliyati, kommunikativ kompetentligi bo‘lmagan o‘qituvchilar dars berayotganidan nolishdi. Shuning uchun ularni ham reyting qilish kerakligini taklif sifatida bildirishdi.