TIQXMMI yangiliklari

img
19.02.2024

Talabalar fanlar haqida

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonun dastlab 1997-yilda qabul qilingan bo’lib, keyinchalik 2020-yil 23-sentyabrda yangi tahrirdagi qonunimiz qabul qilindi. Ushbu qonunda kopgina talim haqidagi malumotlar keltirilgan. Jumladan, 46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari. Pedagog xodimlar: o’quv mashg’ulotlarini sifatli tashkil etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o’qitish va tarbiyaning ilg’or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanish, to’g’risida vazifalar sanab o’tilgan. Ushbu qonun ijrosini ta’minlash maqsadida amaliyot mashg’ulotlarida zamonaviy ped texnologiyalardan turli xil mavzuga mos metodlardan (Aqliy hujum, klaster, zig-zag, baliq skleti, SWOT tahlili, nima uchun, T-sxema,  venn diagrammasi va h.k) foydalangan xolda qiziqarli darslar tashkil etildi.

Hozirgi kunda ta’lim metodlari takomillashtirishda asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullaridir. Qishgi semestrning so’ngi xaftasida talabalar bilan o’tilgan mavzular keng muhokama qilinib olingan bilimlar sarxisob qilindi. Bu ko’rsatkichlarni aniqlash maqsadida ochiq davra suxbatlari, mavzular yuzasidan savol-javoblar, ko’rgazmali qurollar tayyorlash, zakovat o’yinlar tashkil etildi. Interfaol metodlardan foydalanish, ochiq davra suxbatlari tashkil qilish xar bir talabaning mustaqil fikrlash va dunyoqarashini shakllantiradi o’z ustida ishlash imkoniyatini beradi.

 "Professional ta’lim" kafedrasi assistenti Temirova Zoxida ахбороти

       Universitet matbuot xizmati