TIQXMMI yangiliklari

img
22.04.2024

Talabalar bilan suhbat

Joriy yilning 19-aprel kuni 2-talabalar turar joyiga “TIQXMMI” MTU “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekanat jamoasi va Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB proflaktika katta inspektori mayor A. Ubaydullayevlar tashrif buyurib, talaba yigit-qizlar bilan suhbat o‘tkazdilar. Bunda Q.Shavazov talaba yigit-qizlar bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi hamda ularning sohalar, kasb-hunarlar bo‘yicha qiziqishlari bo‘yicha suhbatlashdilar.

Talabalar tomonidan turli takliflar qabul qilindi. A.Ubaydullayev talabalar turar joyidagi belgilangan tartibga to‘liq rioya qilinishi, kechki paytlari o‘z vaqtida dam olishi va yonidagi talabalarga halaqit bermasliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Tyutorlari va  Xotin-qizlar  masalalari bo‘yicha dekan  maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati