TIQXMMI yangiliklari

img
23.01.2024

Talabalar bilan qiziqarli ma’ruza

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Gidromelioratsiya" fakulteti  1-bosqich 105, 106, 107, 108, 109- guruh talabalariga qiziqarli mavzuda ma’ruza tashkil qilindi. Ma’ruzachi tomonidan "Hayot faoliyati xavfsizligi" kafedrasi dotsenti N. Saidxonova “Mavsumiy  favqulodda  vaziyatlar va ulardan muhofazalanish tadbirlari” to‘g‘risida sof va ravon tilda tushuntirib berildi. Talabalarimizning yashash sharoitlaridagi ro‘y beradigan voqea va hodisalar, kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish, doimiy ravishda is gazidan extiyot bo‘lish, zilzila bo‘lganda nimalarga e’tibor berish kerakligi, rezetkalardan va pechlardan foydalnish bo‘yicha yo‘riqnomalar, botulizmga chalinishga extiyot bo‘lish hamda  quturish kasalligini oldini olish choralari haqida to’xtalib o‘tdi. O‘tilgan ma’ruza qiziqarli tarzda bo‘ldi, talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi  va  unga to‘liq  ma’lumot olishdi. 

“Gidromelioratsiya ” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati