TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Talabalar bilan ochiq muloqot

“Kitob-barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiy u.” Amir Temur. “Yer resurslari va kadastr” fakulteti “Oliy matematika” kafedrasi mudiri F.Turaev boshchiigida professor-o‘qituvchilari 5 talabalar turar joyiga tashrif buyirishdi. Tashrifdan maqsad talabalar bilan ochiq muloqot darsi tashkil etildi. Muloqot doirasida talabalar bilan kitobxonlik, universitet ichki tartib-qoidalariga, o‘qish jarayoni, talabalar turar joyidagi tartib- intizom, yashash sharoitlari va odob-axloq qoidalari bilan tanishtirildi.

Undan tashqari fanlardan qarzdor talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ochiq muloqot darsi davomida talabalarga O‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan salomlashish, tashqi ko‘rinish va kiyinish madaniyatiga e’tibor berish gapirib o‘tildi. Ochiq muloqot so‘ngida talabalarning fikrlari tinglanib, ularning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Dotsent O‘tkir Islomov axboroti

Universitet matbuot xizmati