TIQXMMI yangiliklari

img
15.11.2023

Talabalar bilan dildan suhbat

Joriy yilning 15-noyabr sanasida "TIQXMMI" MTU 4-TTJning “Ma’naviyat” xonasida «Gidromelioratsiya» fakulteti  tyutorlari tashabbusi bilan  o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Melikuziev boshchiligida 1 - kurs  talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati mobaynida  talabalarga TTJning ichki tartib - qoidalari, tozalik, sanitariya-gigiena qoidalari, hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri oraliq nazorat, yakuniy nazorat, ōquv jarayonida bōladigan muammolarni bartaraf etish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.

Talabalar  o‘zlaridagi muammolarni, kamchiliklarni, o‘quv jaryonida sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida qiziqtirgan savollarni berdilar.

O‘tkazilgan bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni yana ham o‘qishga bo’lgan shijoatini oshirish, mas'uliyatni kuchaytirish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishlari uchun yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berishdan iborat edi.

Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati