TIQXMMI yangiliklari

img
13.04.2024

Talabalar bilan birga

Joriy yilning 12-aprel sanasida Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan o'rinbosari H.Eshova "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-yoshlari joylashgan 5-sonli talabalar turar joyida hamda 4-sonli talabalar turar joyidagi qizlar хonalariga kelib, talabalarni holidan xabar oldi.

Shuningdek talabalarni  bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish uchun turli sport musobaqalarini tashkil qildi. Talabalar o'rtasida sportning futbol, voleybol, shashka-shaxmat turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi. Talabalar bundan juda xursand bo'lishdi.

 Universitet matbuot xizmati