TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2023

“Talabalalikka bag‘ishlov” tadbirida

2023-yilning 20-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga qabul qilingan 1 kurs talabalari uchun Alisher Navoiy nomidagi Kinochilar uyining katta zalida “Talabalalikka bag‘ishlov” tadbiri o‘tkazildi.

   

 

Mazkur tadbirda universitet rahbariyati professor-o‘qituvchilar talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori Bahodir Mirzayev ochib berdi hamda boshlangan o‘quv yilida 1965 nafar talaba 1 kursga qabul qilingani, aksariyat talabalar yuqori ball olganligi haqida gapirib o‘tdi. So‘zining yakunida 2023-2024 o‘quv yiliga qabul qilingan talabalarni chin dildan muborakbod etdi va ilm yo‘lida ularga zafarlar tiladi. Shuningdek, tadbirda ko‘p yillar universitetda xizmati singan akademiklar, bugungi kunda katta yutuqqa erishayotgan faol yoshlar ham talabalarni tabriklashdi. Tadbirda talabalar tomonidan talabalik qasamyodi qabul qilindi.

   

 

Shu bilan birga el ardog‘idagi sanʼatkorlarning badiiy chiqishlari hamda tadbir yakunida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovga bag‘ishlangan film namoyishi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Universitet matbuot xizmati