TIQXMMI yangiliklari

img
01.05.2024

Talaba yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish

Joriy yilning 30-aprel kuni “Energetika” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ismoil Buxorov boshchiligida fakultetning 2-kurs talabalari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda universitet rektor maslahatchisi Abdusamatov Anvar Abdurashitovich hamda Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB profilaktika katta inspektori mayor Afzal Ubaydullayev qatnashishdi. Tadbirni dekan o‘rinbosari tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirish va kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Rektor maslahatchisi Anvar Abdusamatov mobil telefonlardan to‘g‘ri foydalanish, ijtimoiy tarmoqdagi taqiqlangan  ma’lumot va ma’ruzalardan foydalanmaslik haqida gapirib o‘tdi. Universitet ichki tartib qoidalari haqida yana takror tushuntirish ishlari olib borildi.

Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB profilaktika katta inspektori mayor Afzal Ubaydullayev talaba yoshlar o‘rtasida hozirgi kunda avj olayotgan mayda va katta jinoyatlar yomon oqibatlarga olib kelishi haqida gapirdi. Talabalar turar joyida yashovchi, darsdan bo‘sh vaqtlarda ishlovchi talabalar TTJga belgilangan vaqtdan kech kelmasligi to‘g‘risida qayta tushuntirib o‘tdi. Ichki tartibni buzgan talabalar intizomiy jazo chora ko‘rilishi va intizomiy choralar ko‘rilgan talabalarga keyingi o‘quv yilida talabalar turar joyidan joy ajratilmasliga haqida ogohlantirib o‘tdi.

Talabalar tadbirdan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi.       

“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati