TIQXMMI yangiliklari

img
04.12.2022

Talaba qizlarni oilaga tayyorlash

        O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 820-sonli qarorlarida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda Yoshlar ishlari agentligining bo‘limlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi vazifalar yuklatilgan. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda "TIQXMMI" MTUda ta'lim olayotgan talaba qizlar o'zining yo'nalishining yetuk kadri bo'lish bilan birgalikda mohir pazanda, qo'li yengil hamshira va  kosmetolog, bir so'z bilan aytganda oilaga tayyor bo'lib yetishadi!

            Ya'ni, Univesitet rahbariyati va Xotin - qizlar masalalari boʼyicha maslahat Kengash raisi Z.K. Ismailova rahbarligida “Talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kurslari tashkil etildi. Shu munosabat bilan 3 dekabr kuni Universitet xotin-qizlar kengashi a'zolari boshchiligida tibbiyotga qiziqadigan talaba qizlarni Shayxontoxur tumanida joylashgan "Sanam school" o"quv markaziga borishdi.

GTQ fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti

            Universitet matbuot xizmati