TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Talaba qizlarga e’tibor

Joriy yilning 9-fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan uchrashdi.

Ularning xonalari tozaligini ko'zdan kechirib, xonalarni toza, saranjom-sarishta tutish va birga yashaydigan dugonalari bilan ahil yashash  haqida ma’lumot berib o’tdi.

Qizlar orasidagi muammolarni yechish borasida ular bilan individual holatda suhbatlashildi. 

 "GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova axboroti 

Universitet matbuot xizmati