TIQXMMI yangiliklari

img
16.02.2024

Talaba qizlar bilan suhbat

Joriy yilning 15 - fevral kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova  boshchiligida dotsent F.Artikbekova hamda fakultet tyutori D.Xursandovalar 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan uchrashdi.

F.Artikbekova so’zga chiqib, “Gidrotexnika qurilishi” sohasi bo’yicha umumiy ma’lumotlar berib o’tdi. Qizlarning bu sohaga bo’lgan qiziqishlari tufayli davra suhbati ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Tadbir tugagandan so’ng talabalarning xonalari tozaligi va oshxonaning holati ko’zdan kechirilib, talabalarga  kerakli tavsiyalar berildi.

 "GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova axboroti 

Universitet matbuot xizmati