TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Talaba qizlar bilan dekan uchrashuvi

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti dekani A.Isakov  joriy yilning 6-fevral  kuni “Energetika” fakultetiga qarashli  3-TTJ da yashovchi talaba qizlarning sharoit va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi. Talaba qizlarning yashash sharoitlari va kamchiliklari o‘rganildi. Talaba qizlar bilan TTJ uchki tartib qoidalari to‘g‘risida  suhbatlashib, tavsiya va ko‘nikmalar berildi.

“Energetika” fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov axboroti

Universitet matbuot xizmati