TIQXMMI yangiliklari

img
21.09.2023

Taassurotlarga boy tadbir

“TIQXMMI” MTU 1-kurs talabalari uchun “Talabalikka bag'ishlov” tadbiri bu yil ham poytaxtimizning keng va muhtasham saroylaridan biri "Kinochilar uyi"da tashkil etildi. 2023 yilning 2 0 sentabr kuni soat 14-00 da barcha bayram ishtirokchilari Alisher Navoiy nomidagi “Kinochilar uyi” katta zalida jam bo'lishdi. Universitet rektori B.S.Mirzayev boshchiligidagi rektorat a'zolari o'zlariga tegishli o'rinlardan  joylarini egallashgach, O'zbekiston Respublikasi madhiyasi butun zaldagilar bilan birgalikda ijro etildi. Tadbirni  “TIQXMMI” MTU rektori B.S.Mirzayev o'z kirish so'zlari bilan boshlab, universitet rahbariyati a'zolarini yig'ilish ishtirokchilariga tanishtirib o'tdi. So'ngra universitetimizga ilk bora qadam qo'ygan faol talabalarga “Talabalik guvohnomasi” va “Ilmlar olami kaliti”ni topshirish marosimi o'tkzildi.  


Sahnada Xor jamoasining “Oliygoh gimni”ni kuylashi tadbir fayziga fayz kiritdi, desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Tadbirda barcha jamoa ishtirokchilari o'z ijrolari bilan faol qatnashishib barcha yig'ilganlar qalbidan muhim joy egallay olishdi. Gimn boshlanishi bilan Xor jamoasi a'zolari bilan birgalikda, zalda o'tirgan qatnashchilar ham o'rnilaridan turib gimnga jo'r bo'lishdi. Bundan zavq olgan jamoa a'zolari o'z ijrolari orqali “Oliygoh gimni”ni butun universitet talabalari faxrlanib kuylaydigan gimn darajasiga etkazishni o'z oldilariga qat'iy maqsad qilib qo'ydilar. Bir-birlarini his etib jo'rnavoz bo'lib katta sahnada kuylash zavqi jamoa a'zolarining jipslashuvi, bir – birlarini hurmat qilish, birdamlik va do'stlik aloqalarini kuchayishiga sabab bo'ldi.Tadbir esda qolarli, taassurotlarga boy va ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati