TIQXMMI yangiliklari

img
09.09.2023

Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari bilan uchrashuv

Universitetda birinchi kurs maktabi davom etmoqda. 7-sentabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti birinchi kurs talabalari bilan O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari Qarshiyev Rustam Jo’rayevich uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda Suv xo’jaligi vaziri o’rinbosari R.Qarshiyev o’zining talabalikdagi ilk kunlarini eslab o’tdi.

O’z faoliyati davomida respublikamizning turli hududlarida suv xo’jaligi tizimi amalga oshirilayotgan islohotlar va bu islohotlatni amalga oshirishda yetuk mutaxassislar juda ham zarur ekanligini takidlab, talabalik davrida sohaga oid adabiyotlarni va xorijiy tillarni o’qish muhimligini aytib o’tdi. Talabalar tomonidan sug’orish tizimlaridagi suv yo’qolishlarini oldini olish, suv tejamkor texnologiyalar, suvni tejashga qaratilgan chora-tadbirlar to’risida savollar berildi va talabalar o’zlari qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Universitet matbuot xizmati