TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Suv hayot manbai

2024-yil 7-fevral kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti Inoyatova Manzura Mirhabib qizi, Oliy ta’lim va maktab ta’limi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlik doirasida poytaxtimizning Yangihayot tumanida joylashgan 8-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi PQ-5-sonli “Qo‘yi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, aholi va yoshlar orasida suvning qadr-qimmatini va uning inson hayotidagi bebaho o‘rnini tushuntirish va targ‘ib qilish maqsadida yuqori sinf maktab o‘quvchilari bilan “Suv-hayot manbai” mavzusida ichimlik suvini tejash va undan oqilona foydalanish hamda uning moliyaviy iqtisodiy tomonlari bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borib, seminar-trening o’tkazdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani U.Alimov ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati