TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

“Sumalak sayli”da

Joriy yilning 18-mart kuni  "TIQXMMI" MTUda sumalak sayli tashkil etildi.  Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak pishiriladi. Ushbu taomni tayyorlash nafaqat mahallalarda, xonadonlarda va tashkilotlarda ham yaxshi an'anaga aylangan.

Navro‘z Sharqona yangi yil, yangi kun, yangi orzu-umidlar nishonasi sifatida har yili universitetda bayramona tarzda o‘tkaziladi. Tabirda “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin- qizlar jamoasi ham  faol ishtirok etdi. Sumalak saylida fakultet o‘qituvchilari sumalakning tarixi tayyorlanish usullari, Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan tadbir ekanligi, asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va an'analarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘liqligi haqida suhbatlashdilar.

Talaba qizlar ona yurt, bahorni madh etuvchi she‘rlardan yoddan o‘qib berishdi.

"Ekologiya va huquq" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi B.Mamadaminova va tyutor I.Axmedova axboroti

Universitet matbuot xizmati