TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

Students' Union tashkiloti barcha kitob ixlosmandlari uchun "Alif" nomli katta loyihaga start berdi

Biz yashayotgan axborot zamonida, uning qimmati anchayin katta. Uni almashish , tahlil qilish, muhokamalarini o'tkazish esa ham foydali ham kerekli ish. Shu sababdan Students' Union tashkiloti rahbarlari Ozodov E'zoz, Fayzullaxo'jayev Behzod, Safarova Farzona hamda Universitetimiz"ARM"(Axborot resurslari markazi) direktori Maqsud Mavliyanovich va "Ekologiya va Huquq " fakulteti dekani Habibullo Pirmatovlar "Alif" deb atalmish katta loyihaga qo'l urishdi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi nafaqat kitobxonlikni targ'ib qilish , balki notiqlikdan dars olish, fikr va mulohazalarni to'liq bayon etishni o'rganish va axborotni to'liq talqin qila olishdir. Shuningdek ushbu loyiha keyinchalik "debat klub" ga ham aylantirilishi ko'zda tutilmoqda. Yig'ilgan talabalar dastlabki darsda 4 ta kitob tahlili va mashhur yozuvchilar Hayoti bilan tanishishdi. Ushbu loyiha yig'ilganlarga boshqacha shukuh bag'ishladi. Talabalar keyingi yig'ilishni intiqlik bilan kutishlarini yashirib o'tirishmadi.