TIQXMMI yangiliklari

img
21.02.2024

Stressga “Yo'q!” deyishni o'rganamiz

Joriy yilning 19 fevral kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova tomonidan “D” korpus 101-xonada  tyutorlar ishtirokida psixologik mahorat dars va trening tashkil etildi. Texnika rivojlangan asrda o'qituvchilik kasbi tobora murakkablashib bormoqda, zamonaviy ta'lim standartlari ishda to'liq fidoyilikni talab qiladi. Zamon bilan hamnafas bo'lish, hayot sur'ati o'sib borgan sari unga ergashish tobora  o'ziga xos yondashuvni talab qilmoqda. Shuningdek, oila, bolalar , ro'zg'or tashvishlari, ishdan ortib o'z-o'ziga vaqt yetishmasligi o'qituvchi-pedagoglarda tez- tez uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi. Bu kabi holatlar asab sistemasi kuchsiz insonlarda tabiiyki stress, “kasbiy yonish”sindromini kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.

Ushbu seminar trening o'qituvchi pedagoglarning hissiy holatini barqarorlashtirish va hissiy stressni bartaraf etishning zamonaviy texnika va usullari haqida ma'lumot berish; “kasbiy yonish” sindromiga qarshi kurashish bo'yicha amaliy ko'nikmalarni o'rgatish hamda psixologik zo'riqish va toliqishlarni yo'qotishga; kasbiy fazilatlarini rivojlantirishga (muloqot qobiliyatlari, fikrlash, empatiya); yangi o'quv semestrini ko’tarinki kayfiyat bilan boshlashlariga motivatsiya berish maqsadida tashkil etildi. Treningda: "Tanishish", "Men o'z ishimni yaxshi ko'raman ..." jumlasini aylana bo'ylab davom ettirish, "Sizning kayfiyatingiz", "Karusel", "Rangli kamalak", "Bolaligimda men ...bo'lishni xohlardim", “Sehrli shar”, "Baxt kovushlari"  kabi trening o'yinlardan foydalanildi. Treningda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va tadbir oxirida o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti 

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati