TIQXMMI yangiliklari

img
29.12.2023

Startup g‘oyalar va innovatorlik

 Ta'til paytida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Iqtisodiyot fakulteti talabalaridan telegram ijtimoiy tarmog'i orqali so'rovnoma o'tkazildi. Talabalar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagan holda Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun ta'til kunlari, talabalarga qulay bo'lgan vaqtda qiziqarli mavzular bo'yicha onlayn vebinarlar o'tkazilishi belgilandi. Vebinarlar 3 kunga belgilangan bo'lib, ta'tildan keyin fakultetda talabalar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan. Vebinarda boshqa fakultet talabalari ham ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar soni cheklanmagan.

Birinchi vebinar, “Innovatsion loyihalarni yaratish, talabalarning tanlov va grantlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritish yo‘llari” mavzusida 2024 yil 4 yanvar kuni soat 18:00 da zoom platformasi orqali o‘tkaziladi.  

Ishtirok etish uchun QR kodni skaner qiling.

Id raqam: 815 8943 0091
Kod: 1