TIQXMMI yangiliklari

img
12.05.2024

Sport - sog‘lik kafolati

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida 2024 - yil 11-may kuni Universitet sport majmuasida “Sport - sog‘lik garovi” shiori ostida sportning Mini-futbol turi bo‘yicha fakultet dekani kubogi sport musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishdan maqsad talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk inson sifatida voyaga yetishiga yordam beradi.

Tadbirda fakultet dekani J.Ishchanov,  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘ziboev, “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi murabbiylari, guruh tyutorlari, fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari faol ishtirok etishdi. Musobaqa murosasiz ko‘taringki ruhda, faol tarzda o‘tdi. Musobaqa yakuni bo‘yicha “SXMIM” ta’lim yo‘nalishi 112-guruh futbolchilari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar, 2-o‘rinni “DSOG” ta’lim yo‘nalishi 108-guruh futbolchilari qo‘lga kiritdilar, 3-o‘rinni “SXMIM” ta’lim yo‘nalishi 113-guruh futbolchilari qo‘lga kiritdilar.

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati