TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2023

Sport irodani toblaydi

Mutaxassislar ta’kidlashicha, sport bilan muntazam shug‘ullanish  insonni jismonan chiniqtiribgina qolmay, ruhiy jihatdan tetiklashtiradi, irodasini toblaydi. Ayniqsa, ta’lim bilan bog‘liq sohalarda talabalar uchun sportning har qanday turining ahamiyati beqiyos ekanini “TIQXMMI” MTU "Iqtisodiyot" fakultetida ta’lim oluvchi har bir talaba chuqur his etmoqda. Universitetda talabalarning mini futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shashka-shaxmat  bilan muntazam shug‘ullanishi bevosita Universitet rektorining, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ning, shuningdek, “Jismoniy tarbiya” kafedrasining  e’tibor markazida. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Joriy yilning 18 aprel kuni Universitet sport majmuasida Iqtisodiyot  fakultetining  200 nafardan ortiq 1-2-3-bosqich talaba-yoshlari “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalariga qatnashish uchun  yig‘ildi.  "Iqtisodiyot" fakulteti dekani R.Xakimov sport musobaqalarini ochish uchun so‘zga chiqqanida  shunday fikrlarni bildirdi:  “…Inson umri davomida sog‘lom bo‘lishni, uzoq yashashni, hayoti davomida yaxshi natijalarga erishishni maqsad qiladi, buning uchun sport bilan muntazam shug‘ullanishi kerak! Shunda uning fikrlari teran, hayotning har qanday sinovlariga tayyor,  o‘zini qanday sharoitda bo‘lsa  ham ruhan tetik his qiladi!...” “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalari “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri M.Norqobilov  va kafedra o‘qituvchisi A.Xodjanovlarning hakamligi ostida  adolatli, murosalarsiz va qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.

Sport turlari bo‘yicha g‘olib jamoalar quyidagicha  aniqlandi:

 Mini futbol bo‘yicha

1-o‘rin 304-guruh jamoasi

2-o‘rin 108-guruh jamoasi

              3-o‘rin 204-guruh jamoasi

Basketbol bo‘yicha

1-o‘rin 111-guruh jamoasi

2-o‘rin 103a-guruh jamoasi

              3-o‘rin 108-guruh jamoasi

         Shaxmat bo‘yicha

          1-o‘rin 108-guruh talabasi To’liboyev Orifjon

2-o‘rin 109a-guruh talabasi Umrzoqov Iqbolbek

              3-o‘rin 105-guruh talabasi Hamroyev Farrux

Voleybol  bo‘yicha

1-o‘rin 1-kurslar terma jamoasi

2-o‘rin 2-kurslar terma jamoasi

              3-o‘rin 3-kurslar terma jamoasi

Musobaqa g’oliblarini tabriklaymiz, “Rektor kubogi”ni qo’lga kiritishga omad tilaymiz.

"Iqtisodiyot" fakulteti dekani o’rinbosari J.Turdiyev ахбороти

Universitet matbuot xizmati