TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Sport bilan ham nafas do’stona uchrashuv

Joriy yilning 6-aprel kuni Toshkent Moliya instituti sport majmuasida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi hamda “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” boʻlimi tomonidan sportning Voleybol turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi yuqori saviyada oʻtkazildi.

Musobaqaga taniqli sharhlovchi Mirzaxakim Toʻxtamirzayev tashrif buyurib, qiziqarli va jonli tarzda sharhlab bordi. Iliq va doʻstona ruhda oʻtgan “Rektor kubogi”da barcha fakultet jamoalari hamda mehmon sifatida taklif etilgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining  voleybol boʻyicha “IRRIGATOR” talaba-qizlar terma jamoasi ishtirok etishdi. 

Yakuniy natijalariga ko’ra, qizlar jamoasidan:

  I-oʻrinni “TIQXMMI” MTU “IRRIGATOR” talaba-qizlar terma  jamoasi;

 II-oʻrinni “Budjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti jamoasi;

 III-oʻrinni “Kechki taʼlim”  jamoasi egalladi.

Ushbu sport musobaqasida universitetimiz terma jamoаsida jonbozlik ko’rsatgan, aynan faolligi bilan g’oliblikni qo’lga kiritishga sababchi bo’lgan “GIDROMELIORATSIYA” fakulteti 2- bosqich talaba-qizlarimizdir. Ular:

1.  Qo’chqorova Nilufar (201-g)

2.  Abdullayeva Maftuna (206-g)

3.  Eshonova Mamura (213-g)

Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, gʻolib jamoalarga “Moliyachi” sport klubi tomonidan diplom, medal, “Rektor kubogi” va esdalik sovgʻalari topshirildi.

GM fakulteti tyutori D. Axrarova axboroti

Universitet matbuot xizmati