TIQXMMI yangiliklari

img
25.02.2023

Soʻz oʻyiniga boʻyin bo‘lish

Joriy yilning 23-fevral payshanba kuni soat 13:30 "Notiqlik mahorati" dars mashgʻuloti start oldi. Dars boshlanishida hammaga taqsimlangan soʻzlar berildi. Soʻng talabalar shu soʻzlarni qoʻllab mantiqqa asoslangan holda gaplar tuzishdi. Zero, ustoz Rahimboy Jumaniyozov taʼkidlaganidek, "Notiqdagi nutq mantiqqa qurilmasa, xuddi poydevorsiz qurilgan imoratga, tomiri qurigan daraxtga oʻxshaydi". Soʻngra talabalar 3 guruhga boʻlinib ustozning qalamlariga mansub boʻlgan "Spikerlik sirlari" kitobidagi mashqlarni bajarishdi va tahlil qilishdi. Syomka jarayonlari tugallanganidan soʻng ustozning shogirdlari talabalarga qiziqarli oʻyinni taklif qildi. Talabalar esa buni aʼlo darajada ijro etishdi. Bu albatta, notiqning xotirasini charxlashga, I. Xudayberganov taʼkidlaganidek insonlarni eshitishga oʻrgatadigan oʻyin boʻldi.

Darsning ikkinchi qismida esa Notiqlik sanʼati mutaxasisi Sardor Sattorov "Hol va Qol" ilmidan talabalarga qiziqarli maʼlumotlar berib oʻtdi. Bunda bu ilmlar qayerlarda foydalaniladi va kimlar tomonidan oʻrgatilishi ham toʻliq mazmunda bayon etib berildi. Dars mashgʻulotlari juda qiziqarli va mazmunli oʻtmoqda. Kelgusi darslarga esa talabalarni taklif qilib qolgan holda jonkuyar ustozimiz Rahimboy Jumaniyozov va Sardor Sattorovga minnatdorchilik bildiramiz.

"Energetika" fakulteti 1-bosqich talabasi T.Shukurullayev axboroti

          Universitet matbuot xizmati