TIQXMMI yangiliklari

img
12.04.2023

Sohibqironga ehtirom avlodlik burchi

9-aprel Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun sifatida keng tarzda nishonlanishi an'anaga aylangan. Ammo buyuk shaxs haqida tarixiy va asosiy ma'lumotlarni beradigan muzeylar ham borki, muzey eksponatlari tashrif buyuruvchilarga Temuriylar sulolasi davrida O‘zbekiston tarixi haqida nodir ma’lumotlarni beradi. Biz ham "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti "ENERGETIKA" fakulteti talabalari bilan muzeyga sayohat qildik. Muzey ekspozitsiyasida Amir Temur va uning avlodlarining Yevropa mamlakatlari monarxlari bilan bo‘lgan ko‘plab yozishmalari, buyuk sarkarda tasvirlangan rasmlar, miniatyuralar, mamlakatimizda Temuriylar sulolasi tomonidan qurilgan mashhur inshootlarning maketini ko'rish mumkin. O‘rta asrlarga oid zargarlik buyumlari, kiyim-kechaklari, musiqa asboblari, mehnat anjomlari va boshqa buyumlar talaba yoshlar diqqatini tortdi va o'sha davr haqidagi tasavvurlari yanada boyidi.

                             "ENERGETIKA" fakulteti tyutorlari аxboroti

                                      Universitet matbuot xizmati