TIQXMMI yangiliklari

img
12.02.2024

Soha mutaxassislari bilan uchrashuv

Joriy yilning 9-fevral kuni Universitetimizning G bino 104-xonasida “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri I.Ro’ziyev taklifiga binoan “Gidrometeorologiya agentligi”dan  davlat suv kadastri bo’limi boshlig’i G.Hamdamova va shu bo’lim birinchi toifali muhandisi B.Karabayevalar bitiruvchi talabalar uchun seminar dars o’tish maqsadida tashrif buyurishdi. So’ngra, “Gidrometeorologiya hizmati tarmoqlarida suv kadastri  normativ hujjatlarini takomillashtirish” mavzusi doirasida muammoli ma’ruza tashkil etildi.

Ma’ruzada “O‘zgidromet” markazining vazifalari va funksiyalari haqida ma’lumotlar berib o’tildi: Gidrometeorologiya kuzatishlari davlat tizimini, respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, aholisi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik ta’minlashni rivojlantirish va takomillashtirish bilan bog’liq vazifalar haqida aks etgan/ Shuningdek, Gidrometeorologiya tavsiflari uchun kuzatishlar olib borish, ob-havoni, daryolarning suvliligini, iqlimning o‘zgarishini qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlashtirishni yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish haqida soxa mutaxasislari tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi.

Seminar darsda talabalar aktiv bo’lishdi hamda o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Universitet matbuot xizmati