![img](https://tiiame.uz/sites/default/files/photo_2024-02-08_09-47-22.jpg)
Sog`lom turmush tarzi bu kelajak timsoli
Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga haqiqat. Zero, har birimiz, eng avvalo, o‘z sog‘lig‘imizni o‘ylashimiz darkor. Bu fikrni olg`a surgan holatda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakultetida ta’lim oluvchi har bir talaba chuqur anglab yetishmoqda. Joriy yilning 6-fevral kuni Universitet sport majmuasida “Ekologiya va huquq” fakultetining 1-bosqich talaba-yoshlari o`rtasida o`zaro bellashuv tashkillashtirildi. Fakultet tyutorlari sport bellashuvlarini ochish uchun so‘zga chiqqib jamoa ishtirokchilariga omad tilab o`tdi. Bellashuv “Jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchisi M.Tursunqulovning hakamligi ostida adolatli, murosalarsiz va qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Sport turlari bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi. Bellashuv g’oliblarini tabriklaymiz, kelgusi musobaqa va bellashuvlariga omad tilaymiz
:“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Axmedova, X.Ro`zmetovlar axboroti
Universitet matbuot xizmati