TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2024

Sog‘lom turmush  

Bugun 23 fevral  kuni “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli  3- talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish har bir insonning vazifasidir. Shuning uchun ham biz fakultetimiz dekan muovini bilan birga hamda yotoqxona tarbiyachi – pedagoglari bilan hamkorlikda bu borada talaba-yoshlar bilan ko‘plab davra suhbatlari o‘tkazib boramiz.

Toza, pokiza yashash avvalo sog‘liq uchun muhimdir. CHunki iflos joyda qancha mikroblar mavjud bo‘lib, ular har xil kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Doim pok va ozoda yashang, hamisha sog‘-salomat yuringlar aziz talaba- yoshlar deymiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati