TIQXMMI yangiliklari

img
29.01.2024

“Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak”

2024 yil 26 yanvar kuni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetiga Phoenicia Finesse/Zahra loyiha koordinatori Nilah Mataafa  va DIKAN JKM ma’suliyati cheklangan jamiyat  xorijiy korxona direktori Utkelbayeva Gulnaz tashrif buyurdilar. Fakultet dekani Q.Shavazov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboyeva tashabbuslari bilan, “Reproduktiv salomatlik, sog‘lom oila-sog‘lom kelajak” mavzusida seminar - trening tashkil qilindi. Yig‘ilishda QXM va "Energetika" fakultetlari ayol professor-o‘qituvchilari, talaba-qizlar, psixolog M.Muxammedovalar ishtirok etishdi.

Loyiha koordinatori Nilah Mataafa  so‘zga chiqib, “Markaziy Osiyoda ayollarni reproduktiv salomatlik to‘g‘risidagi bilimlarini oshirish, muammo va yechimlar” mavzusida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Avvalo,  talaba-qizlar  sog‘lom turmush tarzi  sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari, har bir inson o‘zi kundalik faoliyatida o‘z sog‘lig‘ini asrashga intilishi,  tibbiy madaniyati yuqori bo‘lgan onaning farzandi sog‘lom bo‘ladi deya  axborot berdi. Nilah Mataafa  o‘z so‘zida O‘zbekistonning  qadimiy shaharlari bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida  Ayol-qizlar bilan uchrashib,  ularning tibbiy madaniyatini oshirish uchun o‘z bilimlarini ulashishni maqsad qilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.  Yig‘ilishda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yig‘ilish so‘nggida ishtirokchilar  Nilah Mataafa  va Utkelbayeva Gulnazlarga o‘z minnatdorchiligini izhor qilar ekan, o‘smir qizlarimizni ruhiyatini shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha davra suhbati tashkil qilishlari bo‘yicha kelishib olindi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi E.G‘aniboeva axboroti

Universitet matbuot xizmati