TIQXMMI yangiliklari

img
08.02.2024

Sog’lom hayotga garov         

"TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti joriy yilning  8 fevral sanasida talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida hamda “5 muhim tashabbus” ning 2-tashabbusi doirasida, sog’lom turmush tarzi, yoshlarni  jismoniy sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun universitetning sport maydonchasida 1 - bosqich 109-guruh talabalari o‘rtasida “Voleybol” musobaqasi tashkil qilindi.       

Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan  asosiy maqsad, 5 muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari, hamda  yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat.

Talabalar bu musobaqadan yuqori kayfiyatda qaytishdi, ularda sportga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.                         

 "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori  G. Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati