TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2024

Siz qonunni bilasizmi?

Joriy yilning 21- may kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova va "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi Utemuratova Dilbarlar 3 - TTJ da  fakultet talaba qizlari o'rtasida   “Huquq bilimdonlari" mavzusida ko'rik - tanlov o'tkazdilar Tanlovda fakultet faol talaba qizlari o'zaro bellashdilar.

Tadbirni Ra'no Kodirova ocha turib, Huquqiy madaniyat – kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishini ifodalovchi atama. Huquqiy madaniyatning jamiyat rivojida tutgan oʻrni va ahamiyati Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan “Taraqqiyotning oʻzbek modeli”da aniq-ravshan koʻrsatib berilgan. Huquqiy madaniyat mamlakatimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish saʼy-harakatlari bilan uzviy bogʻliq boʻlib, har bir fuqaroning qonunlarga qatʼiy rioya etishi, qonun boʻyicha yashashi va mehnat qilishini taqozo etadi. Huquqiy madaniyatni takomillashtirish uchun barcha fuqarolarning siyosiy, huquqiy ongini oʻstirish, dunyoqarashini kengaytirish, maʼnaviyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi deb ta'kidladilar.

Talaba qizlarimizni Huquq madaniyatini oshirish maqsadida o'tkazilmoqda, deya barcha shtirokchilariga omadlar tiladilar.

Shundan so'ng talaba qizlarimizni Huquqiy bilimdonliklarini sinash maqsadida oldindan tayyorlangan, konvertlarga solingan, savollardan birini tanlab, javob berishlari kerakligini tushuntirdilar.

Talaba qizlarimiz savollarga javob berib, birinchi o'rin   Maratova Aselyaga, ikkinchi o'rin   Rajabboyeva Ra‘no, uchinchi o'rin Sherxonova Zarinalarga nasib bo‘ldi. Uch bosqichdan iborat ko'rik - tanlov juda quvnoq, qiziqarli o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati