TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

Siyosiy faollik-davr talabi

“TIQXMMI” MTU “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti Adham Mamataliyev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oydin” mahallasi faollari bilan “Aholining siyosiy faolligini oshirish-davr talabi” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.  “Oydin” fuqarolar yig‘ini raisi Xasan Ahmadjon Karim o‘g‘li bilan birgalikda tashkil qilingan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilarga Konstitutsiyamizdan o‘rin olayotgan yangi demokratik qoidalar, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishda xalqning bevosita ishtirokini ifodalaydigan referendumning ahamiyati haqida fikrlar yuritildi. Referendum – demokratiyaning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi e’tirof etildi. Shu sababli, aholining siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini kengaytirish, qolaversa joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi  referendumida faol ishtirokini ta’minlash maqsadida, mahalla faollari targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga chaqirildi.

Universitet matbuot xizmati