TIQXMMI yangiliklari

img
29.02.2024

Sirtqi ta'limda - yakuniy nazorat

Sirtqi ta'lim talabalarining tegishli fanlar bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida sirtqi ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil oluvchi 5-kurs talabalarining yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.
Rektorning  2024 yil 21 fevraldagi 59 a/f sonli  buyrug‘ida ayrim fanlar og‘zaki va yozma  o‘tkazish nazarda tutilgan. Mazkur buyruqqa asosan o‘tkazilayotgan imtihonlarning shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida 2024 yil 28-fevral kuni universitetning "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonovlar yakuniy nazorat imtihonlari uchun biriktirilgan auditoriyalardagi yakuniy imtihon jarayonlarni adolatli va xolis o‘tkazilishini nazorat qilmoqda.