TIQXMMI yangiliklari

img
27.12.2023

Sirdaryo Yoshlar Texnoparki tomonidan InnoX-2 biznes inkubatsiya 2-mavsum yakuni bo‘yicha “Demo Day” o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparkida  innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida InnoX inkubatsiya dasturi 2-mavsum yakuniy “Demo Day” o‘tkazildi.

Bunda 25 ta loyiha egalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimoti o‘tkazildi hamda ekspertlar va saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan baholandi.

Tadbir yakunida yuqori ko‘rsatgichga ega 10 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha egalari saralandi. Sirdaryo Texnoparki tomonidan vaucher pul mukofotlari va Sertifikatlar bilan taqdirlandi.

AUTONOMOUS jamoasi rahbari TJAB kafedrasi katta o‘qituvchisi Nig‘matov Azizjon Mahkamovich boshchiligida jamoa o‘z loyixasi bilan qatnashib 10 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha ko‘rsatgichga ega bo‘lishdi.

Barcha ishtirokchilarni kelgusida iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish maqsadida respublika miqyosida tashkil etiladigan Startap loyihalar tanlovlarida ishtirok etish uchun yo‘naltirildi.