TIQXMMI yangiliklari

img
09.05.2023

Shukrona kun muborak!

Sermazmun umrning mohiyatini oilaning, jamoadoshu kasbdoshlarining hurmati va ishonchini qozonish bilan belgilanadi. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti yuriskonsulti Muratova Umida Qo‘rqmasovna ana shunday mazmunli, e’tiborga molik umr guzaronlik etayotgan ehtiromli ayollarimizdandir. 1982-yildan o‘z mehnat faoliyatini boshlaganlar. Dastavval, Moddiy texnik ta’minot davlat qo‘mitasi xodimlar bo‘limi noziri, Iqtisodiy ta’minot vazirligi yuridik bo‘limi noziri, Osiyo xususiy firmasi yuristi, Toshkent davlat texnika universiteti yuristi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti yurist-maslahatchisi lavozimlarida ishlaganlar.

Hozirda esa 2021 yildan hozirgi vaqtgacha “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti yuriskonsulti sifatida xizmat qilmoqdalar. Bugun ertalab rektorat tadbirida universitet rektori Mirzaev Bahodir Suyunovich jamoaning samimiy niyatlarini yetkaza turib ularga sihat salomatlik va yanada g‘ayrat - shijoat bilan xizmat qilishlarini tiladi. Haq-huquq va adolat malikasi  sifatida uzoq yillar birga ishlashlariga ishonch va hurmat bildirdi. Biz ham Umida Qo‘rqmasovnaning tavallud ayyomlari bilan qizg‘in muborakbod etib ularning barcha yaqinlari baxtiga sog‘u omon bo‘lishiga orzumandligimizni izhor etamiz.

        Universitet matbuot xizmati