TIQXMMI yangiliklari

img
23.10.2023

Shonli yutuq

Tinimsiz izlanish, harakat, rejalilik, pedagogik tajriba, innovatorlik va kreativlik, ilm-fan va ta’limiy jarayonga nisbatan majburiyat burchi hamda mas’uliyat hissi uyg‘un bo‘lgan ta’lim dargohida jamoani yutuq va zafar qarshilashiga yana bir bor ishonch hosil qildik, amin bo‘ldik.

Joriy yilda ham Oliy ta’lim muassasalarining Milliy reytingida  eng yuqori natijaga erishgan oliy ta’lim muassasamiz -  “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining birinchi o‘rinni egallagani shonli va jonli jarayonning mahsulidir.

Bu yutuq bilan jamoamizni samimiy tabriklaymiz!