TIQXMMI yangiliklari

img
30.01.2024

Shaxmat – shashka o‘ynaymiz

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 101- guruh talaba qizlari  bilan sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha  talabalar turar joyi yonginasida joylashgan sportzalda bellashuv uyushtirildi. Talaba-yoshlar mustaqil talim kuni fanlardan nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rib darslarini qilib bo‘lgach,  dam olish maqsadida bu yerga kelishadi. Kimdir shaxmat, kimdir shashka yana kimdir stol tennisi o‘ynashga qiziqadi. Universitetda talaba-yoshlarni yaxshi o‘qishlari, bilim olishlari uchun hamma shart – sharoitlar mavjud. Sizlarga berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalaning, yaxshi o‘qing, yaxshi mutaxassislar bo‘lib Vatan ravnaqiga o‘z hissangizni qo‘shing aziz talaba – yoshlar. Sog‘lom tanda – sog‘ aql deb bejiz aytishmagan.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati