TIQXMMI yangiliklari

img
27.03.2023

Shahri azimga sayohat

Joriy yilning 26 - mart kuni TIQХMM - Milliy tadqiqot universiteti rektori B.S.Mirzayev tashabbusi bilan universitetning “Iqtisodiyot” fakultetida ingliz tilida ta'lim oluvchi 1-kurs talabalari, shuningdek, fakultetning “Liderlar” klubining faol talabalari Samarqand shahriga sayohatga borib kelishdi. Bu sayohat  salkam 3000 yillik tarixga ega bo'lgan navqiron Samarqand shahriga uyushtirilganligi ayni muddao bo'ldi. Shaharda saqlangan va xalqimiz tomonidan asrlar davomida e'zozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va me'moriy obidalarni talabalarimiz  tomosha qilish bilan birgalikda qalblarida milliy g'urur, iftixor yanada mustahkamlandi. Fakul`tet dekani R.Xakimov va tyutorlar G.Shodiyeva va R.To'xtayev boshchiligida qilingan sayohat mazmunli va katta taassurotlarga boy tarzda xotiralarda muhrlanib qolajak. Ana shunday sayohatni uyushtirib berganligi uchun shaxsan universitet rektori B.S.Mirzayev va universitet ma'muriyatiga talabalar ulkan minnatdorchiligini bildirishdi.     

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori M.Vafoyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati