TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2023

Shahidlar xotirasi abadiy

Poytaxtimizda 2002-yilda bunyod etilgan me’moriy yodgorlik majmuasi Vatanimiz ozodligi uchun kurashda jon fido qilgan Vatandoshlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan. “Qatog’on qurbonlari xotirasi” maydoni shahrimizning go‘zal maskanlaridan birida joylashgan bo'lib, u yerda vafot etgan shahidlarning ko‘pchiligini ziyoli vatandoshlarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va boshqa buyuk jadidchi arboblarimiz tashkil etgan. Mazkur me’moriy yodgorlik ushbu buyuk bobolarimizning buyuk o‘tmishi hamda yorqin xotiralarini o‘zida mujassamlashtiradi. Me‘moriy inshootlar majmuasi muzey, Rotunda va bog‘ni o'z ichiga oladi. 2001-yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti buyrug‘i asosida “Shahidlar xiyoboni” maydoni hududida “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi tashkil etildi.

Muzey Sharqiy me'moriy uslubda qurilgan bo‘lib, uning ekspozitsiyasida noyob fotosuratlar va tarixiy hujjatlar saqlanadi. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuining bunyod etilishi mamlakat va xalqning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotida ulkan voqea bo’ldi, qisqa muddatda mazkur majmua tabarruk ziyoratgohlardan, yosh avlodlarni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan maskanlardan biriga aylandi. Insonning azob-uqubatlarini eslab qoladigan dahshatli joy endi xotira va hurmat oroliga aylandi. 04.05.23 yil kun "TIQXMMI" MTU "QXM" fakulteti tyutori J.Sa'dullayev bilmga chanqoq talabalar bilan birga tashrif buyurishdi.Talaba yoshlar qatag'on qurbonlari,  nafaqat vatan tarixi haqida ko'proq bilish uchun, ota-bobolarining xotirasini sharaflash uchun ham yodga olib qadrlashadi.

“QXM” fukulteti tyutori J.Sadullaev  va “Energetika” fakulteti 2-bosqich talabasi Ergashov Toʻlqin axboroti

Universitet matbuot xizmati