TIQXMMI yangiliklari

img
20.05.2023

Sergey Borodin hayoti

18 may kuni “TIQXMMI” MTU “Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D.Xursandova va "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G. Axmetjanova  boshchiligida fakultetlarning 109  va  209 - guruh talabalari “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Sergey Borodin  uy muzeyiga tashrif buyurishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ma'daniyat xodimi, I darajali mehnat faxriysi, "Oltin meros" ko'krak nishoni sohibasi Muqaddas Abdusamatovaning “Buncha shirinsan hayot” hamda “Oila muqaddas” nomli kitob taqdimoti o'tkazildi. Taqdimotda yozuvchi, jurnalist Solih Yoqubov, professor Xusan Valijonov, Lashkarbegi mahallasining Nuroniylar jamoasi raisi Zulfiya Rasuliylar ishtirok etishdi.

Tadbirni muzey rahbari Sh.Yusupova ochib berib, bugungi kun bilan barchani qutladi. Talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Taqdimot ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

“Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati