TIQXMMI yangiliklari

img
12.09.2023

Sanʼat – milliy taraqqiyotimiz ko‘zgusi

Universitet psixologi va xor jamoasi rahbari M.K. Muhammedova boshchiligida Iqtisod, GM fakulteti 1-kurs talabalari orasida vokal ijrochiligiga qiziquvchi yoshlar bilan qo‘shiq ijro etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida darslar olib borilyapti. Qo‘shiq ijro etish faoliyati — qo‘shiqchilik murakkab ruhiy-fiziologik jarayon bo‘lib, vokal ijrochilik ko‘nikmalarini o‘zlashtirish insonning ruhiyatida katta rol o‘ynaydi va bilimlarni o‘zlashtirishga katta yordam beradi.

Eshitish – sezgi turlarining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lganligi sababli, ishtirokchilarda eng avvalo eshitish qobiliyatlarini o‘sishiga xizmat qiluvchi mashqlar o‘rgatilyapti. Shu bilan birgalikda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri uchun “O‘zbekston gimni” va “Oligoh madhi”ni kuylab keng ommaga taqdim etish uchun repetitsiyalar olib borilayapti. Barcha talabalar mashg‘ulotlarga faollik va tirishqoqlik bilan yondoshayotganlari yaxshi natija bermoqda. Kelgusda musiqaga ixlosmand bu yoshlarimiz o‘z sanʼatlari orqali oliygohimiz dong‘ini yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shish niyatidalar.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati